Foydalanish shartlari
Yangilangan: 16.09.2026
GrowMock xizmatidan (growmock.uz va app.growmock.uz) foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.
Xizmat
GrowMock — IELTS, DTM, SAT va til testlari uchun onlayn mashq platformasi. Natijalar va AI baholari oʻquv maqsadida beriladi va rasmiy imtihon bahosi hisoblanmaydi.
Hisob
Bitta foydalanuvchi bitta hisobga ega boʻladi. Hisob maʼlumotlarini boshqalarga bermaslik foydalanuvchining javobgarligi.
Toʻlov va obuna
Premium 30 kunga beriladi va avtomatik uzaymaydi. Toʻlov Payme orqali amalga oshiriladi. Texnik xato sabab xizmat berilmagan boʻlsa, admin@growmock.uz orqali murojaat qiling.
Kontent
Test materiallari GrowMock’ga tegishli yoki litsenziya asosida ishlatiladi. Ularni nusxalash va tarqatish mumkin emas.
Cheklovlar
Xizmatni buzishga, boshqa foydalanuvchilar maʼlumotiga kirishga yoki avtomatlashtirilgan vositalar bilan yuklashga urinish taqiqlanadi. Bunday hisoblar toʻxtatiladi.
Oʻzgarishlar
Shartlar yangilanishi mumkin. Yangi versiya shu sahifada eʼlon qilinadi.
