Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 16.09.2026
Bu hujjat GrowMock (growmock.uz va app.growmock.uz) qaysi maʼlumotlarni yigʻishi, nima uchun va qanday saqlashini tushuntiradi.
Qaysi maʼlumotlar yigʻiladi
Roʻyxatdan oʻtishda: telefon raqami yoki elektron pochta, Telegram yoki Google akkaunt identifikatori, ism.
Foydalanishda: test javoblari, yozma ishlar, ovozli javoblar, natijalar va ularning tarixi.
Texnik: brauzer turi, IP manzil va kirish vaqti — xavfsizlik va xatolarni aniqlash uchun.
Nima uchun ishlatiladi
Testlarni oʻtkazish, natijalarni hisoblash va saqlash, AI baholash, hisob va obunani boshqarish, xizmat haqida xabar berish.
AI baholash
Writing va Speaking javoblari baholash uchun sunʼiy intellekt xizmatlariga yuboriladi. Yuborilgan matn va ovoz faqat baholash uchun ishlatiladi.
Toʻlovlar
Toʻlovlar Payme orqali amalga oshiriladi. Karta maʼlumotlari GrowMock’da saqlanmaydi.
Saqlash va xavfsizlik
Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi, ularga kirish cheklangan. Maʼlumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
Huquqlaringiz
Maʼlumotlaringizni koʻrish, tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin: admin@growmock.uz. Soʻrov ish kunlarida koʻrib chiqiladi.
