
GrowMock asoschisi
GrowMock asoschisi kim?
Mehriniso Maqsudovna Xudoyberganova
Mehriniso Maqsudovna Xudoyberganova O‘zbekistonlik yosh tadbirkor va GrowMock startapi asoschisi. U bolaligidan kitob o‘qish va yozishga qiziqqan. Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim maktabida (IDUM) tahsil olgan.
U Indoneziya, Hindiston va Turkiya bilan bog‘liq ta’lim loyihalarida ishtirok etgan hamda 2024-yilda Turkiyada o‘tkazilgan ta’lim konferensiyasida qatnashgan.
2025-yilda Samarqand shahrida KUIT bilan hamkorlikda «Grantlar va Kitoblar» nomli ta’limiy tadbirni tashkil etgan. Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan qariyb 300 nafar yosh ishtirok etgan.
Shuningdek, loyiha nomidan kutubxona resurslari yetishmaydigan maktablarga 50 million so‘mdan ortiq qiymatdagi kitoblar bepul taqdim etilmoqda.
Hozirda Mehriniso GrowMock startapini rivojlantirish hamda ta’lim, kitobxonlik va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar ustida faoliyat yuritmoqda.
